Orkestr va Xor

Orkestr va xor san’atini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik

Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga muvofiq tashkil etilib, 2026-yil 18-iyundan to‘laqonli faoliyatini boshladi. Birlashmaning dastlabki tashabbuslaridan biri 2026-yil 10–16-avgust kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bazasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy dastur bo‘ldi. Unda hududlardan kelgan yosh musiqachilar uchun konservatoriya professorlari, tajribali orkestr artistlari va O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Bizning missiyamiz

Bizning missiyamiz

Birlashmamizning missiyasi — O‘zbekistonda orkestr va xor san’atini tizimli rivojlantirish, yoshlar orasida akademik musiqaga qiziqishni oshirish, ijodkorlar va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali mamlakatimizning eng yaxshi orkestr va xor jamoalarini xalqaro maydonga olib chiqish hamda O‘zbekiston musiqa san’atining jahon sahnasidagi nufuzini yuksaltirishga intilamiz.

Bizning missiyamiz

Tashkiliy vazifalar

1

Orkestr va xor jamoalari faoliyatini tizimli rivojlantirish va muvofiqlashtirish

2

Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov, festival va konsertlarni tashkil etish

3

Yosh iste’dodlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va professional rivojlantirish

4

Xorijiy musiqa tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik va ijodiy aloqalarni rivojlantirish

5

Musiqachilar uchun ta’lim, mahorat darslari va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish

6

Yetakchi orkestr va xor jamoalarining xalqaro loyihalar va nufuzli sahnalardagi ishtirokini kengaytirish

Rahbariyat

Hujjatlar