Orkestr va Xor
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Open Air” gala-konserti
Respublika miqyosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Open Air” gala-konserti

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Open Air” gala-konserti 11-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi favvoralar maydonida bo‘lib o‘tdi. Tadbir Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Opera san’ati birlashmasi hamkorligida tashkil etildi. Ochiq osmon ostida o‘tadigan konsertda 120 dan ortiq xonandadan iborat xor jamoasi va 100 dan ziyod sozandadan iborat orkestr, yosh iqtidorlar hamda taniqli opera xonandalari ishtirok etdi. Dasturning xalqaro miqyosini kengaytirish maqsadida Rossiya, Gruziya va Qozog‘istondan 10 nafar xorijiy ijrochi ham taklif etildi. Tomoshabinlarga o‘zbek bastakorlari Sulaymon Yudakov va Muxtor Ashrafiy, shuningdek Chaykovskiy, Verdi, Puchchini, Rossini kabi jahon klassikasining durdona asarlari taqdim etildi.

Muddat

2026-yil, 11-sentabr

Joy

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining favvoralar maydonida

Natijalar

Ijrochilar200+
Tomoshabinlar3 000
Premyera asarlar20+

Galereya