Orkestr va Xor
Yangilik

Orkestr va xor ijodiy birlashmasi hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

9-oktyabr, 20262 koʻrildi
Orkestr va xor ijodiy birlashmasi hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

Orkestr va xor ijodiy birlashmasi hamda Andijon viloyati T. Sodiqov nomidagi 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum musiqiy ta’lim va professional ijrochilik amaliyoti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, orkestr va xor ijrochiligini rivojlantirish, milliy hamda jahon musiqa merosini targ‘ib etish, shuningdek, iqtidorli yosh ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida maktab-internat o‘quvchilari uchun professional dirijyorlar, xormeysterlar va tajribali ijrochilar ishtirokida mahorat darslari, ochiq mashg‘ulotlar hamda ijodiy uchrashuvlar tashkil etish, qo‘shma konsertlar, festivallar va tanlovlar o‘tkazish, shuningdek, pedagoglar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish nazarda tutilgan.

Ushbu hamkorlik yosh musiqachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning professional mahoratini oshirish va kelajakdagi ijodiy faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.