"Navruz Sadolari" xalqaro festivali
Nizom
“Navro‘z sadolari” — milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlarini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro musiqa festivali. Festivalda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning 3 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yosh sozandalaridan tashkil topgan ansambl va orkestrlar ishtirok etishi mumkin. Festival har yili tegishli yosh toifasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Festival dasturidan tanlov, konsertlar, mahorat darslari, taqdimotlar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy konferensiya o‘rin oladi. Tanlov uch bosqichda — arizalarni qabul qilish, hududiy saralash va final shaklida o‘tkaziladi. G‘oliblar professional Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib, Gran-pri, I, II va III o‘rinlar, shuningdek, maxsus nominatsiyalar bo‘yicha diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Nizomni yuklab olishMuddatlar
- 1
2026-yil 1-dekabr
Arizalar qabuli boshlanadi
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochiladi.
- 2
2027-yil 1-fevral
Arizalar yakuni
Hujjatlar qabuli yakunlanadi.
- 3
2027-yil 19-mart
Festival ochilishi
Festival ochilishi
Hakamlar hay’ati
- 🇺🇿
Abdurahimova Firuza Ravshanovna
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori
O‘zbekiston
- 🇺🇿
O Sok Shin
Koreys an’anaviymusiqasini saqlash milliy jamiyatiPrezidenti, “Iksan” orkestri badiiy rahbariva bosh dirijyori
Koreya
- 🇺🇿
Akmaljanova Manzura Vasikjanovna
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori
O‘zbekiston
- 🇺🇿
Nazarov Odiljon Fozilovich
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiprofessori
O‘zbekiston
- 🇺🇿
Sahiyev Abduvahob Jabborovich
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti
O‘zbekiston
