Xalqaro madaniy hamkorlik va yangi ijodiy istiqbollar!

Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi hamda germaniyalik taniqli kompozitor Heiko Peter Saxo o‘rtasida xalqaro ijodiy aloqalarni mustahkamlash, simfonik musiqa san’atini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikning muhim natijalaridan biri Kann xalqaro kinofestivaliga mo‘ljallangan qisqa metrajli film uchun musiqa yaratilishi bo‘ldi.
Mazkur loyiha o‘zbek simfonik ijrochilik san’atining xalqaro nufuzini oshirish, xorijiy ijodkorlar bilan professional aloqalarni kengaytirish hamda mamlakatimiz ijodiy jamoalari repertuarini yangi zamonaviy asarlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Imzolangan memorandum kelgusida tajriba almashish va musiqa hamda kino san’ati yo‘nalishlarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



